Sholpan Botirbek to‘rt yil davomida Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasining monopoliyaga qarshi nazorat qilish departamentining raqobatga qarshi kelishuvlarni tekshirish va metodologiyalash bo’limini boshqargan
To‘qqiz yildan ortiq Qozog‘iston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi xodimi bo‘lgan. O’z ish faoliyatini oddiy ekspertdan boshlagan, keyinchalik esa moliya bozori va boshqa sohalar bo‘yicha tergov bo‘limi, bundan tashqari metodologiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish yuritgan
Sholpan Botirbek transchegaraviy bozorlarda va Qozog’iston Respublikasi hududida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzilish holatlarini tekshirishda bevosita ishtirok etgan (30 dan ortiq tergov ishlari o’tkazilgan)
Shuningdek u Qozog’iston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksining «Iqtisodiy raqobat» bo’limini yozishda va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi qonunini tashkil etuvchi raqobatni himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida raqobat siyosatini amalga oshirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasining faxriy yorlig’i bilan taqdirlangan
Qozog‘iston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutini (QMIPI) davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha bakalavrni tamomlagan. Qozog‘iston iqtisodiyot, moliya va xalqaro savdo universitetining iqtisod va biznes magistri darajasiga ega
Mas’uliyatli hudud: Qozog’iston Respublikasi va Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasi