YANGILIKLAR
Edward’s East Strategies 2025-yilning 15-yanvaridan 15-fevraliga qadar Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Belarusda tartibga soluvchi tashabbuslar va kadrlar o‘zgarishining oylik monitoringini tayyorladi.
Qozog‘istonda ko’rib chiqilayotgan davrda tegishli o’zgartirishlar atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga, tovarlarning kelib chiqishini aniqlash qoidalariga, organik mahsulotlarni ishlab chiqarish va aylanishiga, monopoliyaga qarshi qonunlarga ta`sir qildi. Bundan tashqari, Soliq kodeksi loyihasini muhokama qilish davom etmoqda: Prezident Qosim-Jomart Toqayev, markaziy davlat organlaridan mas’ul ishlab chiquvchilar, shuningdek, tadbirkorlik birlashmalari vakillari yangi soliqqa tortish konsepsiyasi bo‘yicha o‘z qarashlarini bildirdi. QQS stavkasini oshirish masalasi manfaatdor tomonlarning diqqat markazida.
O‘zbekistonda korporativ qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga qaratilgan qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi. Dori vositalari sifati nazoratini kuchaytirish, soha korxonalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridandir. Kelgusi yil uchun ekologik tadbirlar rejasi ham ishlab chiqildi. Hujjat plastik chiqindilarni (shu jumladan, qadoqlash) kamaytirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish (shu jumladan biznes uchun tariflarni pasaytirish orqali), uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha Strategiyani tayyorlash, zararli chiqindilarni kamaytirish va boshqalar kabi sohalarni qamrab oladi.
Qirg‘izistonda ham, o‘z navbatida, plastik chiqindilarni yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlash tartibini belgilovchi reglamentlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, YeOII importyrlarini davlat depozit hisobvarag‘iga import uchun 20% QQSni oldindan to‘lash majburiyatini yuklovchi tashabbus ishlab chiqildi. Bundan tashqari, elektron yuk xati tizimiga oʻzgartirishlar va mamlakatda kriptobirjalarni tartibga solishni kuchaytirish choralari tayyorlandi.
Belarusda narxlarni barqarorlashtirish uchun davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlar ro’yxati kengaytirildi va «narx koridorlari» va narxlar monitoringini o‘z ichiga oladigan yangi tartibga solish tizimi ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, olti oy muddatga qurilish materiallari importini litsenziyalash joriy etildi. O’zgarishlar Rossiya-Belarus hamkorligiga ham ta’sir qildi: bilvosita soliqqa tortishning umumiy tamoyillari bo’yicha qo’shma bitimga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi protokol tasdiqlandi. Millatlararo tartibga solishni ishlab chiqish doirasida Belarus ekologik xavfsizlikni kuchaytirish uchun YeOIIda qadoqlash bo’yicha yangi talablarni joriy qilishni taklif qildi.
Ko’rib chiqishlarda, shuningdek, biznesni qiziqtirgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham taqdim etiladi.