YANGILIKLAR
02.09.2024
Edward’s East Strategies EUROUZ a’zosi
2024-yil avgust oyida Edward’s East Strategies O‘zbekistondagi xalqaro biznes assotsiatsiyasi va Yevropa savdo palatasi bo‘lgan, o‘z a’zolariga maqsadli bozorni aniqlashda, mustahkam biznes aloqalarini o‘rnatishda va davlat va xususiy manfaatdor tomonlar o’rtasida muloqotni ta’minlashda har tomonlama yordam ko‘rsatadigan, Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasiga (EUROUZ) qo‘shildi.
EUROUZga a’zolik bizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- O‘zbekiston va Yevropa davlatlarining birlashgan biznes hamjamiyatiga a’zo bo‘lish;
- Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va O‘zbekistonning yirik biznes bilan ishbilarmonlik hamkorligini kengaytirish;
- Oʻzbekiston va Yevropa biznesiga GR va huquqiy yordam koʻrsatish, shu orqali Oʻzbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida yangi tartibga solish imkoniyatlarini taqdim etish;
- O’zbekiston kompaniyalariga Yevropa bozorida o’z ishtirokini kengaytirish borasidagi ishtiyoqida maslahat berish.
Edward’s East Strategies vakillari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Yevropa kompaniyalari va Yevropa Ittifoqi bozorlariga kirib kelayotgan o‘zbek biznesi manfaatlari yo‘lida Yevropa-O‘zbekiston biznes hamjamiyatining faoliyatida faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda.