Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasida GR-kursi | Edward's East Strategies

YANGILIKLAR

19.01.2023
Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasida GR-kursi

23-fevral kuni 2023 Qozoqstonning Olmaota shahrida Germaniya iqtisodiyotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi negizida Edward’s East Strategies kompaniyasi hukumat bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha master-kursini o‘tkazadi. Ushbu kurs davomida ishtirokchilar GR-vositalaridan foydalanish va lobbichilik texnologiyalarini qullash bo’yicha barcha ko’nikmalarga ega bo’ladilar.

Dastur doirasida tinglovchilar Qozog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati organlarida biznes va nodavlat notijorat tashkilotlar manfaatlarini ilgari surish imkoniyatlari bilan tanishadilar. Shuningdek ishtirokchilar strategik biznes masalalarni, hamda uzoq muddatli investitsiyalar va mas’uliyatli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda hukumat bilan o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalarini o’rganadilar.

Dasturning ma’ruzachisi – Edward’s East Strategies kompaniyasining boshqaruvchisi Eduard Voytenko bo’ladi.

Dasturning tuzilishi bilan tashkilot veb-saytida tanishishingiz mumkin. Dasturda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro’yxatdan o’tish kerak.