Qozog’iston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasida tartibga solish tashabbuslari va kadrlar o’zgarishini ko’rib chiqish №10 | Edward's East Strategies

YANGILIKLAR

19.03.2024
Qozog’iston Respublikasi va O`zbekiston Respublikasida tartibga solish tashabbuslari va kadrlar o’zgarishini ko’rib chiqish №10

Edward’s East Strategies 2024-yil 15-fevraldan 15-martgacha bo‘lgan davrda Qozog‘iston va O‘zbekistonda tartibga soluvchi tashabbuslar va kadrlar o‘zgarishi monitoringini tayyorladi.

Qozog‘istonda Qozog‘iston Respublikasining yangi Soliq kodeksi loyihasi uchun tartibga soluvchi siyosat bo‘yicha maslahat hujjati chop etildi. Hukumat yangi kodeksni 2024 yil oktyabr oyida tasdiqlashni rejalashtirmoqda.

Yangi Soliq kodeksi, Milliy iqtisodiyot vazirligining rejalariga muvofiq, quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:

  • korporativ daromad solig’i (KDS) va qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) bo’yicha tabaqalashtirilgan stavkalar;
  • isloh qilingan maxsus soliq rejimlari;
  • soliq ma’muriyatchiligini chuqur raqamlashtirish;
  • loyihani amalga oshirishning dastlabki uch yilida investorlarni soliq to‘lashdan ozod qilish va h.k.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Senati veyplarni ta`qiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qattiqlashtirish maqsadida Majilisga qaytardi, Sog‘liqni saqlash vazirligi esa energetik ichimliklarni avtomatlar orqali sotishni ta`qiqlashni taklif qildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi shuningdek, mamlakatdan tuxum olib chiqishni qisman ta`qiqlashni ham rejalashtirmoqda.

O‘z navbatida O‘zbekistonda xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandi. To’g’ridan-to’g’ri harakat darajasidagi hujjat xususiylashtirishning barcha bosqichlarini, jumladan qarorlar qabul qilish, baholash, boshlang’ich narxni aniqlash, maslahatchilarni jalb qilish va savdolarni o’tkazish jarayonlarini tartibga soladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlari JST kelishuvlariga muvofiqlashtirildi. Xususan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab xorijda ishlab chiqarilgan pivo, tabiiy va gazlangan vinolarni reklama qilishga ruxsat berildi. Ilgari faqat Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulotlarni reklama qilishga ruxsat berilgan edi.

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish dasturini belgilash to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Dastur turli sohalarda, jumladan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Ko’rib chiqishlarda, shuningdek, biznesni qiziqtirgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ham taqdim etiladi.