Eduard Voytenko Moskva davlat yuridik akademiyasida GR&Lobbying bo’yicha master-klass o’tkazdi | Edward's East Strategies

YANGILIKLAR

17.11.2023
Eduard Voytenko Moskva davlat yuridik akademiyasida GR&Lobbying bo’yicha master-klass o’tkazdi

2023-yil 13-noyabr kuni Edward’s East Strategies direktori, siyosiy fanlar nomzodi Eduard Voytenko Moskva davlat yuridik akademiyasining GR klubi ishtirokchilariga “Huquq GRdagi eng muhim vosita sifatida” master-klassi bilan so`zga chiqdi.

Master-klass davomida mutaxassis quyidagi mavzularni yoritib berdi:

  • AQShda lobbichilik faoliyatini tartibga solish modeli;
  • Yevropa Ittifoqi va alohida Yevropa davlatlarida lobbichilikni tartibga solish modellari;
  • lobbichilik faoliyatini huquqiy va axloqiy jihatdan tartibga solish;
  • GR va lobbichilikning ichki va tashqi vositalari;
  • Keys: “Lobbi loyihasini yaratish algoritmi va uni amalga oshirish texnologiyasi”.

 

Master-klass yakunida barcha ishtirokchilarga “Lobbichilik va GR. Tushunchalar, funksiyalar, vositalar”, Eduard Voytenko hamda yuridik fanlar nomzodi, Yuridik ekspertiza ilmiy markazi bosh direktori Anastasiya Parfenchikova bilan hamkorlikda yozilgan kitobi taqdim etildi.

Ta’lim tadbiri kompaniyaning YeOII mamlakatlarida GR kasbini ommalashtirish va rivojlantirish missiyasi doirasida o’tkazildi.