YANGILIKLAR
Edward’s East Strategies kompaniyasi o’zining “Monopoliyaga qarshi kurashish amaliyoti”ning ochilishini e’lon qiladi. Ushbu yo‘nalishni kompaniya hamkori Sholpan Botirbek boshqaradi.
Sholpan Botirbek kompaniyaga ishga kelguniga qadar u to‘rt yil davomida Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasining monopoliyaga qarshi kurashishni nazorat qilish departamentining raqobatga qarshi kelishuvlar va metodologiyani tekshirish bo‘limiga rahbarlik qilgan. Bungacha Sholpan oʻn yil davomida Qozogʻiston Respublikasi monopoliyaga qarshi organida xizmat qilib, oddiy mutaxassislikdan boshlab moliya bozori va boshqa sohalar boʻyicha tergov boʻlimi, hamdametodologiya boʻlimi boshligʻi lavozimini egallagan. Bundan tashqari o’z vaqtida Qozog’iston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksining «Iqtisodiy raqobat» bo’limini yozishda va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi qonunchiligini tashkil etuvchi raqobatni himoya qilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
Amaliyot geografiyasi Qozog’iston Respublikasi va Yevroosiyo Iqtisodiy Komissiyasining millatlararooliy boshqaruv organini qamrab olgan.