Qozog’iston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasidagi tartibga soluvchi tashabbuslar va kadrlar o’zgarishini №3 ko’rib chiqishi | Edward's East Strategies

YANGILIKLAR

18.08.2023
Qozog’iston Respublikasi va O’zbekiston Respublikasidagi tartibga soluvchi tashabbuslar va kadrlar o’zgarishini №3 ko’rib chiqishi

Edwards East Strategies 2023-yilning 15-iyulidan 15-avgustigacha Qozogʻiston vaOʻzbekistondagi eng diqqatga sazovor tartibga solish tashabbuslari va kadrlar oʻzgarishlarimonitoringini tayyorladi.

O‘tgan davr mobaynida Qozog‘istonda 2023–2025 yillarga mo‘ljallangan “Soya iqtisodiyotigaqarshi kurashish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi” tasdiqlandi va tashqi iqtisodiyfaoliyatning ayrim turlariga cheklovlar joriy etildi. Jumladan, Qozog‘istonga bug‘doy olibkirishni ta’qiqlash muddati uzaytirildi va asosiy bo‘lmagan biznes subyektlari tomonidan temiryo‘l orqali mamlakatdan tashqariga ko‘mir olib chiqishni cheklash taklif etildi.

Bundan tashqari, Qozog‘iston Moliya vazirligi bog’langan shaxslarning kvazidavlat sektorixaridlarida ishtirok etishini ta’qiqlashni taklif etuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi, Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi esa chet elliklar uchun turistikto’lovlarni to’lash “Qoidalar”ni tasdiqladi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasida kapitali 1 milliard dollar bo‘lgan Sanoatnirivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida mamlakat Prezidentining farmoniimzolanib, “Agroplatforma” axborot tizimini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Biznesni tartibga solish sohasida mamlakatimizda biznes faoliyatiga qo‘yiladigan majburiytalablarning yagona reestrini yaratish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi hamda Qoraqalpog‘istonRespublikasida tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror imzolandi.

Korib chiqishlarda, shuningdek, biznesni qiziqtirgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar hamtaqdim etiladi.